Janubiy Koreyaning Kvandju shahrida davom etayotgan Butunjahon talabalar Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobi oltin medal bilan boyidi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Eng og‘ir vazndagi taekvondo ustalari o‘rtasida kechgan musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Dmitriy Shokin nimchorak finalda Esteban Kabo (Ispaniya)ni 12:0, chorak finalda Kaan Qilich (Turkiya)ni 14:9, yarim final jangida esa eronlik Mehran Askarini 9:7 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi final bahsida taekvondo vatani vakili, koreyalik Yon Kun Parkni 2:1 hisobida yengdi.Shu tariqa, dastlabki oltin medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 37-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh (0)