Koma holatida bo‘lgan Uitni Xyustonning qizi Bobbi Kristina Braun uchun allaqachon qabr tayyorlab qo‘yildi. Shu kunlarda qizning oila a’zolaridan biri uning o‘limidan oldingi suratini sotishga uringanligi, shuningdek, vafotidan keyingi suratini 100 ming dollarga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
TMZ saytida chop etilgan e’londa noma’lum shaxs nashriyotga Bobbi Kristina Braunning bir qator suratlarini sotib olishni taklif etganligi ma’lum qilindi. Biroq TMZ bu taklifni rad etgan.
Bobbi Kristinaning ammasi Leola Braun Facebook orqali firibgarga qahrli maktub yo‘lladi.
Shu yilning 31-yanvaridan buyon qo‘shiqchi Bobbi Braun va Uitni Xyustonning yolg‘iz qizi bo‘lgan Bobbi Kristina Braun koma holatida bo‘lib, bir necha kun avval uni xospisga (sog‘ayib ketishiga umid bo‘lmagan bemorlar uchun davolash muassasasi) o‘tkazishdi. Sababi shifokorlar va oila a’zolari uni qutqarish uchun hech narsa qila olmasliklariga amin bo‘ldi.
Izoh (0)