Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatida tanaffus qilish haqida o‘ylamoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u bunday qarorga yirik xalqaro musobaqalarning finalidagi mag‘lubiyatlardan so‘ng kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi jahon chempionati va Amerika kubogining final uchrashuvlarida kumush medal bilan cheklangan edi.
Ma’lum qilishlaricha, hujumchi JCh—2018 saralash musobaqalarida o‘zini chaqirmasliklarini so‘ramoqchi.
Izoh (0)