O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlarini sinov tariqasida topshirib ko‘rish imkonini beruvchi iTest.uz sayti ishga tushirildi.
iTest.uz abituriyentlar uchun O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beruvchi portaldir. Tizim ishlashi juda oddiy – saytga kirasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, kerakli OTM va fakultetni tanlab onlayn tarzda test topshirasiz va shu zahoti natijadan boxabar bo‘lasiz. Shuningdek, siz test topshirgach, natijani tanlangan OTM o‘tish ballari bilan taqqoslashingiz mumkin.
Test topshiriqlari malakali va sertifakatga ega o‘qituvchilar tomonidan tuzilgan. Saytda barcha fanlardan testlar, shuningdek, talabalarning savollariga javoblar bor.
Loyihaning asosiy qadriyati shundaki, u yashash joyidan qat’i nazar istalgan OTMga masofadan turib tayyorlanish imkonini beradi.
Loyiha abituriyentlarni O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun tayyorlovchi Profi Education o‘quv markazi hamda innovatsion dasturiy mahsulotlar va yuqori texnologiya yechimlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan Ctrl+ ko‘p tarmoqli axborot texnologiyalari kompaniyasi tomonidan yaratilgan.
iTest.uz − o‘z bilimingizni sinab ko‘rish va farzandingizning kirish imtihonlariga tayyorligini tekshirish uchun haqiqiy imkoniyat.
iTest.uz saytida bilimingizni sinab ko‘ring.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. “Profi Education” NTM xizmat ko‘rsatadi.