5-iyul kuni Gretsiyada xalqaro kreditorlar bilan shartnoma bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning 70 foiz byulletenlari hisoblab chiqilgandagi natijalari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Asosiy xalqaro kreditorlar (Yevropa komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Yevropa Markaziy banki) bilan moliyaviy yordam taqdim etilishi to‘g‘risidagi shartnoma Gretsiya tomonidan imzolanishiga qarshi ovozlar 61,50 foiz, bu yoqlangan ovozlar esa 38,50 foizni tashkil etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, referendumda saylovchilarning 65 foizi — 10 millionga yaqin kishi ishtirok etgan.
Izoh (0)