5-iyul, yakshanba kuni qirollikning Sandringem hududida malika Sharlottani cho‘qintirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
Tantanali marosimda qirollik oilasi a’zolari, jumladan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ishtirok etdi. Malika Sharlotta Iordan daryosining suvi bilan cho‘qintirildi. U aynan 1841-yildagi qirolicha Viktoriyaning qiziniki kabi ko‘ylakda edi.
Cho‘qintirish marosimi Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi tomonidan o‘tkazildi. Cherkov atrofida o‘nlab odamlar shahzoda Uilyam oilasini ko‘rish uchun to‘plandi.
Izoh (0)