Chilida bo‘lib o‘tgan Amerika Kubogi bahslari nihoyasiga yetdi. Bosh sovrin mezbonlarga nasib etdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
O‘yindan oldin Argentina terma jamoasining imkoniyatlari yuqori baholangan bo‘lsa ham mezbonlar osonlikcha jon bermoqchi emasligini amalda namoyish etdi. Ular butun jamoa bo‘lib Messini qo‘riqladi va oxir-oqibat o‘z maqsadiga erishdi.
Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad Chili terma jamoasiga kulib boqdi.
Argentina terma jamoasi safida faqatgina Messining zarbasi aniq chiqqanini e’tirof etish lozim. Shunday qilib, 4:1 hisobida Chili g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi bor musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Amerika kubogi. FinalChili – Argentina 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), Penaltilar bo‘yicha — 4:1Chili – Bravo, Bosejur, Isla, Vidal, Valdiviya (Fernandes, 75), Medel, Arangis, Silva, Vargas (Enrikes, 95), Sanches, Dias.Argentina – Romero, Roxo, Otamendi, Demichelis, Sabaleta, Bigliya, Maskerano, Pastore (Banega, 81), Di Mariya (Lavessi, 29), Aguero (Iguain, 74), Messi.Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 3:1, 4:1.Ogohlantirishlar: Silva (24), Medel (34), Dias (44), Roxo (55), Maskerano (55), Arangis (86), Banega (91).
Izoh (0)