Forbes jurnali eng serdaromad mashhurlarning yillik reytingini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Uchinchi o‘rinni xonanda Keti Perri, yillik 135 million dollar miqdoridagi daromad bilan egalladi.
Serdaromad mashhurlar o‘nligidan, shuningdek, quyidagilar o‘rin olgan: One Direction guruhi (umumiy daromadi 130 million dollar), yozuvchi Jeyms Patterson (89 million dollar), aktyor kichik Robert Dauni (80 million dollar) va futbolchi Krishtianu Ronaldu (79,5 million dollar).
Forbes reytingi mashhurlarning 2014-yil 1-iyundan 2015-yil 1-iyunigacha bo‘lgan davrdagi, soliqqa tortilguncha bo‘lgan daromadi asosida tuzib chiqilgan. Forbes daromadlar haqidagi axborotni ochiq manbalardan olgan.
Izoh (0)