Bugun, 30-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan muxlislar klubi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining tvitterdagi sahifasiga tayanib, “Uff.uz” xabar bermoqda.
Uchrashuv muxlislar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashish uchun tashkil qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Babayan kecha, 29-iyun kuni jurnalistlar bilan ham xuddi shunday uchrashuv o‘tkazgan edi.
Izoh (0)