Rossiyaning sobiq bosh vaziri, sobiq tashqi ishlar vaziri Yevgeniy Primakov 26-iyun kuni Moskvada 86 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qayd etilishicha, u uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etgan. Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Primakovning oila a’zolariga hamdardlik bildirganini aytib, u bilan bir oy muqaddam uchrashganini ma’lum qilgan.
Primakov 1929-yil 29-oktabr kuni Kiyevda tug‘ilgan. 1989—1990-yillarda SSRI Oliy Soveti Ittifoq Kengashi raisi, 1991-yilda SSRI Markaziy razvedka xizmati rahbari, 1991—1996-yillarda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori, 1996—1998-yillarda Rossiya tashqi ishlar vaziri, 1998—1999-yillarda Rossiya bosh vaziri, 2001—2011-yillarda Rossiya savdo-sanoat palatasi prezidenti lavozimlarida ishlagan.
Izoh (0)