Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida ATP Aegon Open Nottingham turniri o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin 589 160 yevro mukofot jamg‘armasiga ega musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Ilk davrada dunyoning 92-raketkasi hisoblangan Istomin jahon tennis jadvalining 145-pog‘onasida borayotgan Nikolas Almagroni 6:1, 6:4 hisobida yengdi.
Tennischilarning o‘zaro bahslardagi hisobi Istomin foydasiga 4:0 bo‘ldi.
Ikkinchi davrada Istomin argentinalik Xuan Monako (dunyoning 35-raketkasi) bilan bahs olib boradi.
Izoh (0)