AQshning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 24-iyun, chorshanba kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha elchixonaning Facebook’dagi o‘quvchilari bilan Amerika an’analari to‘g‘risida onlayn chat o‘tkazadi. Bu haqda AQSh elchixonasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Xabarda yozilishicha, elchi bir kishidan faqat bitta savol qabul qiladi va viza bilan bog‘liq biror savolga javob bermaydi. Savollar ingliz, o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi. Savollarni e’lon haqidagi xabar ostida izoh sifatida hozirdanoq qoldirish mumkin, biroq elchi ularga faqat aytilgan vaqtda javob qaytaradi.
Muloqot yakunida elchi eng qiziqarli uchta savolni tanlab oladi va e’lon qiladi. G‘oliblar 26-iyun kuni maxsus sovg‘ani olish va Pamela Spratlen bilan suratga tushish uchun AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga taklif qilinadi.
Izoh (0)