Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga Viktor Yanukovichni prezident maqomidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunni nokonstitutsiyaviy deb topishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oliy Rada ushbu qonunni qabul qilishda Konstitutsiyaga zid harakat qilgan. Jumladan, deputatlar ham o‘z vakolatlaridan chiqib ketgan, chunki Oliy Rada prezidentlarni o‘z maqomidan mahrum qilish huquqiga ega emas.
Ukraina Konstitutsiyasiga binoan, prezident maqomi saylangan davlat rahbariga umrbod beriladi, faqatgina impichment tufayli lavozimidan chetlatilsa ushbu maqomdan mahrum etiladi. Qayd etish joizki, ushbu qonunni Poroshenkoning o‘zi imzolagan edi.
Izoh (0)