Butun dunyoda Xalqaro yoga kunini nishonlash doirasida Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi va Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi BMTning Toshkentdagi axborot idorasi bilan hamkorlikda 21-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida keng jamoatchilik uchun yoga chiqishlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi UzDaily.
Ushbu tadbir bepul ro‘yxatdan o‘tish orqali barcha uchun ochiq. Tadbirda o‘zbek estradasi yulduzlaridan Shahlo Ahmedova va Lola Yo‘ldosheva ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zlari bilan mashg‘ulotlar uchun gilamcha olib kelishlari kerak bo‘ladi.
Qayd etilishicha, 21-iyunni Xalqaro yoga kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 69-sessiyasida qabul qilingan.
Izoh (0)