AQShning Janubiy Karolina shtati Charlston shahridagi cherkovda yuz bergan otishma natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Chalston politsiyasi shefi Gregori Mallenga tayanib.
Oq tanli kishi shahar markazidagi yepiskoplik cherkoviga qatnovchi dindorlarga qarata o‘q uzgan. Cherkov ichkarisida sakkizta jasad topilgan. Ikki kishi kasalxonaga yetkazilgan, ulardan biri vafot etgan.
Politsiya shefi aytishicha, jinoyatni sodir qilishda gumonlanib, 20 yoshlardagi oq tanli kishi qidirilmoqda.
Ushbu cherkov AQSh janubidagi eng qadimiy bo‘lib, unga asosan afro-amerikaliklar qatnaydi.
Izoh (0)