Turkiya sobiq prezidenti va bosh vaziri Sulaymon Demirel 17-iyun, chorshanba kuni 90 yoshida Anqaradagi kasalxonalardan birida vafot etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Siyosatchi davolangan Guven Hastanesi kasalxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Demirel yurak faoliyatidagi yetishmovchilikdan vafot etgan.
Sobiq prezident shifoxonaga o‘tkir respirator infeksiyasi bilan 13-mayda keltirilgan. U yerda bir oydan oshiq vaqt davomida nafas yo‘llari infeksiyasi, shuningdek yurak faoliyatidagi yetishmovchiliklar bo‘yicha davolangan. Seshanba kuni Demirelning ahvoli keskin tarzda yomonlashgan, natijada chorshanbaga o‘tar kechasi joni uzilgan.
Demirel 1993—2000-yillarda davlat rahbari lavozimini egallagan, shuningdek besh marta Turkiya bosh vazirligiga tayinlangan.
Izoh (0)