Toshkent metropolitenining “Hamza” va “Habib Abdullayev” bekatlari nomlari o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Husan Ermatov “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, metroning “Chilonzor” yo‘lida joylashgan “Hamza” bekati nomi “Novza” deb, “Yunusobod” yo‘lida joylashgan “Habib Abdullayev” bekati nomi “Shahriston” deb o‘zgartirilgan.
Metro bekatlari nomlari Toshkent shahar hokimligining 2015-yil 16-iyundagi 547-sonli qarori bilan o‘zgartirilgan.
Ma’lumot uchun, hozir “Novza”ga o‘zgartirilgan “Hamza” bekati metroning “Chilonzor” yo‘lida nomi o‘zgarmagan besh bekatdan biri edi. Qolgan yetti bekat nomi 1991-yildan keyin o‘zgartirilgan.
Izoh (0)