JCh—2018 ikkinchi saralash bosqichining 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasining safardagi KXDRga qarshi o‘yini yakuniga yetdi.
Pxenyanda kechgan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyaga 4:2 hisobida yutqazdi.
O‘zbekiston ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng guruhda so‘nggi o‘ringa tushib qoldi. KXDR esa 6 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga oldi. Shu guruhdagi Yaman va Filippin o‘rtasidagi bahs bugun, 16-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
JCh—2018 2-saralash bosqichi. H guruhi. 2-tur
KXDR — O‘zbekiston 4:2 (4:0)Gollar: Pak Ryon (4), Jan Chol (16), Ro Su (34), Ri Xyok Chol (36) — Igor Sergeyev (53), Sardor Rashidov (79).O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Shuhrat Muhammadiyev (Farrux Sayfiyev, 70), Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboyev (Bahodir Nasimov, 34), Igor Sergeyev.Ogohlantirish: Aziz Haydarov (44).Chetlatish: Aziz Haydarov (82).
Izoh (0)