“Barselona”ni joriy mavsumda uchta sovrinni qo‘lga kiritib, “oltin xet-trik” qayd etgani bilan tabriklamagani uchun o‘tgan haftada “Real” matbuot xizmati jurnalistlar va betaraf muxlislarning tanqidlari ostida qolgan edi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Sport.es” aniqlashicha, “Barselona” baribir o‘z raqibidan tabrik qabul qilgan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali Luis Enrike shogirdlarini tabriklashga kech bo‘lganini anglagan “Real” “Kamp Nou”ga oddiy maktub yo‘llashga qaror qilgan.
Biroq madridliklar maktubni jo‘natish uchun ham pul sarflashni istamagan — jo‘natma uchun 23 yevro 98 sent miqdoridagi to‘lovni pochta xizmatiga “Barselona” vakillari to‘lagan.
Izoh (0)