Butun jahon bo‘yicha AQSH elchixonalarida, texnik muammolar sabab, vizalar berilishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
“Biz muammolarni tezda hal qilib, tizimni imkon qadar tezroq to‘liq ishchi holatga qaytarish uchun harakat qilmoqdamiz”, - deyiladi AQSH Davlat departamenti axborotida.
Nosozlikka konsulliklarning ma’lumot omborlarini saqlovchi uskunaning ishlamay qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, 9-iyundan so‘ng viza uchun ariza topshirganlarning hujjatlari kechikkan holda rasmiylashtirilishi ehtimoli mavjud.
Izoh (0)