Rossiya qiruvchi samolyoti may oxirida Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida AQSh harbiy havo kuchlari razvedkachi samolyotidan uch metr (o‘n fut) masofada uchib o‘tdi. Bu haqda CNN’ga bir nechta amerikalik mansabdorlar ma’lum qilgan, deb yozadi “RBK”.
Rossiya HHK samolyoti Amerika kemasi bilan bir xil balandlikda uchib o‘tgan, so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirib, qanchadir vaqt davomida unga hamrohlik qilgan.
Yana boshqa hodisa esa 30-mayda sodir bo‘lgan, unda Rossiya HHK samolyotlari AQSh HDKning Ross esminetsini Qora dengizning neytral suvlariga qarab nari ketishga majbur qilgan.
O‘z navbatida Pentagon vakili Eylin Laynes idora dengizda hech qanday noodatiy xatti-harakatni sezmaganini ma’lum qildi. Keyinroq Amerika floti matbuot xizmati Rossiya bombardimonchisi esminets yaqinidan uchib o‘tgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Izoh (0)