NASA astronavti Terri Vyorts koinotdan olishga muvaffaq bo‘lgan noyob suratlarda oddiy ko‘z bilan Misr ehtomlarini ko‘rish mumkin, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.
Astronavt tomonidan 10-iyun kuni Twitter’ga chiqarilgan surat bir sutkadan kamroq vaqt ichida 8 mingdan ortiq retvit qilingan. Xalqaro kosmik stansiyada deyarli 200 kun o‘tkazgan Vyorts 11-iyun kuni italiyalik Samanta Kristoforetti va rossiyalik Anton Shkaplerov bilan birga Yerga qaytadi.
Kosmonavtlar aslida 13-may kuni Yerga jo‘nashi lozim edi, biroq “Progress” kosmik kemasi halokati tufayli ularning missiyasi yakuni qoldirilgan. Ishlarini tugatgan astronavtlar suratga olish bilan shug‘ullangan. Qayd etilishicha, Vyorts olgan suratda Yerdagi obyekt ancha tiniq ko‘rinadi.
Izoh (0)