AQSh prezidenti Barak Obama Germaniyada davom etayotgan G7 sammitida Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi (FIFA) dagi korrupsiya mojarosi haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Bu yerda, Yevropada men o‘tkazgan suhbatlarda odamlar FIFA uchun shaffof va hisobli ishlash imkoniyati favqulodda ahamiyatga egaligini aytishdi. Futbol — nafaqat o‘yin, balki yirik biznes, milliy g‘urur manbasi ham. Futbol AQShda ham ommalashmoqda va Vashington federatsiya to‘g‘ri ishlashiga harakat qiladi”, — dedi Obama.
Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni AQSh bosh prokurori Loretta Linch FIFA korrupsiya mojarosidagi olti ayblanuvchi 24 yil ichida jami 150 million dollar pora olganini ma’lum qilgan edi. O‘sha kuni Syurixda FIFAning qator amaldorlari qo‘lga olingan bo‘lib, hozirda AQShga ekstraditsiyasini kutmoqda.
Izoh (0)