Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga 8-iyun kuni bo‘lib o‘tgan kuchli shamol tufayli pachoqlangan yangi Lacetti avtomobillarining suratlari joylashtirildi.
Suratlarda qator terib qo‘yilgan avtomobillarning bir nechtasi ustiga qandaydir binoning tom qismi uchib kelib tushgani, natijada ularning ko‘pchiligiga ancha jiddiy zarar yetgani aks etgan.
Avtomobillarga Daewoo Gentra yozuvlari tushirilgani sababli ular eksport uchun mo‘ljallanganini taxmin qilish mumkin. Foydalanuvchilardan ba’zilari ushbu avtomobillar Namangandagi 17-avtobazada joylashganini ma’lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)