Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 28 sentabr – 6-oktabr sanalarida Osiyo chempionatiga saralash o‘yinlarida ishtirok etadi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “A” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu bosqichda ularga Bangladesh, Pokiston, Shri-Lanka hamda Butan jamoalari qarshilik qiladi.
Shri-Lanka mezbonlik qiladigan ushbu saralash bahslarining taqvimi ham ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvni 30-sentabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘tkazadi.
Ikkinchi uchrashuv 2-oktabr kuni Butan, uchinchi o‘yin 4-oktabrda Pokiston va so‘nggi o‘yin 6-oktabr kuni Bangladeshga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“A” guruhi o‘yinlarining to‘liq taqvimi:
28-sentabr, 2015.Pokiston – BangladeshButan – Shri-Lanka
30-sentabr, 2015.Shri-Lanka – O‘zbekistonButan – Pokiston
2-oktabr, 2015.O‘zbekiston – ButanBangladesh – Shri-Lanka
4-oktabr, 2015.Bangladesh – ButanPokiston – O‘zbekiston
6-oktabr, 2015.Shri-Lanka – PokistonO‘zbekiston – Bangladesh
Izoh (0)