Braziliyada Barbi qo‘g‘richog‘ining qaylig‘i Kenga o‘xshash uchun plastik operatsiyalarga qariyb 45 ming dollar sarflagan Kelso Santibanyes 20 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda The Independent.
Yanvar oyida yigitga zotiljam tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u 4-iyun kuni Braziliya janubidagi shifoxonalardan birida vafot etgan. Dafn marosimi ertasi kuni o‘tkazilgan.
Kelso ilk marta televideniyega 16 yoshida chiqqan. O‘limidan oldin esa har safar omma oldiga chiqqani uchun 15 ming dollardan haq olgan. Shuningdek, u o‘ziga o‘xshovchi qo‘g‘irchoqlar chiqarish bilan shug‘ullangan.
Izoh (0)