Rossiya Birinchi kanalining “Toch v toch” loyihasining ikkinchi mavsumida o‘zbekistonlik Aziza g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “StarHit.ru”.
Qayd etilishicha, Aziza loyiha davomida Dalida, Sara Braytman, Edita Pyexa, Edit Piaf, Lui Armstrong, Yuriy Nikulin kabi taniqli shaxslar qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Finalda esa u Lyudmila Gurchenko obrazida chiqish qilgan.
Loyihaning ikkinchi mavsumida Rodion Gazmanov, Oskar Kuchera, Taisiya Povaliy, Aglaya Shilovskaya, Stas Kostyushkin, Yelena Maksimova, Lyudmila Sokolova, Vlad Topalov va Intars Busulis ham qatnashgan. Polina Gagarina Eurovision’dagi ishtiroki tufayli loyihadan muddatidan oldin chiqib ketgan.
Izoh (0)