Ukrainaning mashhur “Oryol i reshka. Shopping” teleko‘rsatuvi nihoyat O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qiladi “Kultura.uz”.
Ko‘rsatuv g‘oyasi quyidagicha: har hafta ikki boshlovchi shopping uchun dunyoning turli shaharlariga boradi, ulardan biriga pul miqdori chegaralanmagan “oltin bank kartasi”, ikkinchisiga esa bor-yo‘g‘i 100 dollar beriladi. Kim nimani olishi esa tanga tashlash orqali aniqlanadi. Agar “burgut” tushsa boshlovchi oltin kartani, aks holda 100 dollarni oladi.
Dastur davomida boshlovchilar teletomoshabinlarni shaharning diqqatga sazovor joylari, o‘zlari yashayotgan mehmoxona va uning narxlari bilan tanishtiradi. “Oryol i reshka. Shopping”ning Facebook tarmog‘idagi sahifasida teletomoshabinlar narxi 100 dollardan oshmaydigan sovg‘a so‘rashi mumkin. Eng noyob sovg‘alar teletomoshabinga jo‘natiladi. Dasturning Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistondan sovg‘a tanlash boshlangani ma’lum qilindi.
Boshlovchilar hozirgacha Buxoro va Samarqandda bo‘lishga ulgurdi.
Izoh (0)