FIFA ijroiya qo‘mitasi Indoneziya futbol federatsiyasining tashkilotga a’zoligini to‘xtatdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
“R-Sport”ning Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoga asoslanib xabar berishicha, bu haqdagi qaror may oyi oxirida Syurixda bo‘lib o‘tgan FIFA ijroqo‘mi majlisida qabul qilingan.
Avvalroq FIFA mahalliy futbol federatsiyasi va mamlakat sport vazirligi o‘rtasidagi nizo sabab Indoneziya futbol federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)