AQSH vitse-prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Bo 46 yoshida miya saratonidan vafot etdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Bizning erkakgimiz, ukamiz va o‘g‘limiz Bo, miya saratoniga qarshi har kungidek sharaf, mardonavor va katta kuch bilan kurash olib borib, vafot etganini e’lon qilaman”, - deyiladi Oq uy matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan AQSH vitse-prezidenti bayonotida.Bo Bayden may oyi boshida davolanish uchun klinikaga yotqizilgan edi.
AQSH vitse-prezidentining o‘g‘li Delaver shtati bosh prokurori sifatida ishlagan, so‘nggi vaqtlarda investitsion firmada ishlayotgandi. Kichik Bayden shuningdek Kosovoda ishlagan, Iroqdagi urush faxriysi edi.
Baydenlar oilasiga AQSH prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel hamdardlik bildirdi.
Bo Bayden 2010-yili insultni boshdan o‘tkazgandi.
Izoh (0)