Jahonning eng mashhur klublarida to‘p suruvchi futbolchilar haqiqiy millionerlardir hamda ular kamyob va tezkor mashinalarni sotib olishni ma’qul ko‘rishadi. Sports.ru futbolchilar egalik qiladigan eng qimmat avtomobillar reytingini tuzdi.
10. Nani. Lamborghini Gallardo LP 550-2. 190 ming yevroUshbu avtomobil cheklangan tirajda ishlab chiqarilgan. Atigi 250ta, ulardan biriga aynan Nani egalik qiladi.
9. Arda Turan. Mercedes-Benz SLS AMG. 200 ming yevro“Atletiko”ning turkiyalik yarim himoyachisi garajida qiymati 200 ming yevroga teng Mercedes-Benz SLS AMG bor.
8. Didye Drogba. Mercedes SL65 AMG. 210 ming yevro“Galatasaray”dan “Chelsi”ga qaytgach, xursandchiligini yashira olmagan Didye Drogba borib, 210 ming yevro turadigan Mercedes SL65 AMG’ni sotib olgandi.
7. Ueyn Runi. Aston Martin Vanquish S. 210 ming yevroUeyn Runi Manchesterning Jeyms Bondi sifatida tanilgan va ushbu chiroyli Aston Martin Vanquish S uchun katta pul to‘lagan.
6. Jermeyn Pennant. Chrome Aston Martin DBS. 235 ming yevroBiroz kutilmaganda “Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Jermeyn Pennant o‘zining Aston Martin DBS avtomobili bilan ushbu ro‘yxatdan joy oladi.
5. Frenk Lempard. Ferrari 458. 275 ming yevro“Chelsi” va Angliya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi Frenk Lempard va uning Ferrari 458 avtomobili.
4. Obafemi Martins. N50M Lamborghini. 350 ming yevroRo‘yxatdagi ikkinchi syurpriz — “Sietl Saunders”ning nigeriyalik hujumchisi Obafemi Martins.
3. Devid Bekxem. Rolls-Royce Phantom. 485 ming yevroFutbol yulduzi va sayyoradagi eng taniqli insonlardan biri. Devid Bekxemning bu ro‘yxatga kirganidan hayron qolmasa ham bo‘ladi.
2. El-Hoji Diuf. Mercedes-Benz SLR McLaren. 580 ming yevroUchinchi va so‘nggi syurpriz.
1. Krishtianu Ronaldu. LaFerrari 2014 Model. 2,8 million yevroKrishtianu Ronaldu 2014-yil boshida atigi 499 dona ishlab chiqarilgan mazkur Ferrari’ni sotib olganlardan biridir.
Izoh (0)