O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Bolajon” telekanalida efirga uzatiladigan ingliz tilini o‘rgatuvchi ko‘rsatuvdan tomoshabinlar xato topdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchilari ma’lum qilgan.
Ko‘rsatuvdan bir lavha aks etgan suratda “sore throat — tish og‘rig‘i” yozuvi ko‘rinib turadi. Qayd etilishicha, aslida ingliz tilidagi “sore throat” birikmasi “tish og‘rig‘i” emas, balki “tomoq og‘rig‘i” deb tarjima qilinadi.
Suratga izoh qoldirganlarning aksariyati ushbu holatni kulgu bilan qabul qilgan. Shuningdek, ko‘rsatuv muallifi ham izoh berib, bu texnik xato ekanligini, ushbu so‘z ko‘rsatuv davomida bir necha marta ham rasm, ham so‘z orqali “tomoq og‘rig‘i” deb o‘rgatilganini qayd etgan. Foydalanuvchilar orasida ushbu ko‘rsatuvni maqtab, til o‘rganishning eng samarali usullaridan foydalanilishini e’tirof etganlar ham bo‘lgan.
Izoh (0)