Hindistonning janubiy shtatlari – Andxra-Pradesh va Telanganada kuzatilayotgan favqulodda jazirama qurbonlari soni 150 kishidan oshib ketdi. Bu haqda Segodnya.ua xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, jazirama natijasida Andxra-Pradeshda 80 kishi, Telanganada esa 73 kishi halok bo‘lgan. Qayd etishlaricha, halok bo‘lganlarning aksariyati uysizlardir.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlar davomida havo harorati yuqoriligicha qoladi. Jaziramadan aziyat chekayotgan shtatlar ma’muriyati fuqarolarni ehtiyot choralarni ko‘rishga va zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikka chaqirmoqda.
Izoh (0)