O‘zbekistonda Apple kompaniyasining “aqlli soatlari” – Apple Watch savdolari boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar bermoqda.
Toshkentdagi chakana savdo nuqtalarida tasmasi charmdan bo‘lgan 42 millimetrli Apple Watch xaridorlarga 5,6 million so‘mga taklif qilinmoqda. Taqqoslash uchun, 16 gigabaytli iPhone 6 smartfoni bundan qariyb ikki barobar arzon.
Apple Watch’ning xalqaro miqyosdagi savdolari 24-apreldan boshlangan edi. Unga ko‘ra, alyuminiy korpusli qurilmalar 349-399 dollardan, po‘lat Apple Watch’lar esa tasmasiga qarab 549dan 1049 dollargacha, eng qimmat – oltin Apple Watch Edition esa 10 ming dollardan sotuvga chiqarilgan edi.
Izoh (0)