AQSh harbiy dengiz kuchlarining Ross esminetsi 23-may kuni Qora dengiz akvatoriyasiga kiradi, deya xabar bermoqda “TASS” Amerika HDK 6-floti ma’lumotiga tayanib.
“Kemaning Qora dengizda bo‘lishi AQShning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlariga xavfsizlikni ta’minlashda sodiqligini namoyish etishga qaratilgan”, — deyiladi bayonotda.
Hujjatda aytilishicha, “Qora dengizdagi hamkorlikni mustahkamlash orqali, AQSh mintaqada tinchlik va taraqqiyotga erishilishiga umid qiladi”.
Esminets Qora dengizga so‘nggi marta 2014-yil sentabrida kirgan edi.
Izoh (0)