Sobiq “Setora” guruhi va Ravshan Sobirov ijrosidagi “Xayr, maktabim!” duetini eslaysizmi? Qarangki, yillar o‘tsa-da, u o‘z jozibasini yo‘qotgani yo‘q. Sobiq guruhning vakili Leyla o‘sha damlarni xotirlagan holda Ravshan Sobirov bilan yan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi “7x7” gazetasi.
Ular bastakor Vagif Zokirov musiqasi asosida yaratilgan “Lazgi” taronasini ijro etdi.
“Qo‘shiq asliyati saqlab qolingan, ammo ijro o‘ziga xos”, — deydi Ravshan Sobirov.
Xo‘sh, sobiq duetdoshlarning navbatdagi mehnat mahsuli ham avvalgisidek ommalasharmikan? Albatta, buni vaqt ko‘rsatadi.
Izoh (0)