Taniqli futbolchi Devid Bekxem Instagram’da @davidbeckham nomi ostida sahifa ochdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Futbolchi akkauntni o‘z tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab ochdi — 2-may kuni Bekxem 40 yoshini nishonladi.
Sahifa yaratilganidan sakkiz soat o‘tib, unga 2 millionga yaqin foydalanuvchilar obuna bo‘lib ulgurdi, akkauntning o‘zida esa bu vaqtda bor-yo‘g‘i beshta fotosurat bor edi.
Nashr ta’kidlashicha, futbolchining rafiqasi — qo‘shiqchi va biznesvumen Viktoriya Bekxem akkauntiga a’zo bo‘lganlar soni 4,3 million kishini tashkil etadi, ularning o‘g‘li Bruklinning sahifasi esa shu vaqtgacha 2 million foydalanuvchini jalb etib ulgurgan.
Izoh (0)