Vladimir Putin: Mercedes-Benz S-600 Guard Pullman
Rossiya prezidentining Germaniyada ishlab chiqarilgan avtomobili uzunligi 6,2 metrni, og‘irligi 3 tonnani tashkil etadi.
Mashinaning 6,2 litrli V2 dvigateli 400 ot kuchiga ega.
O‘ta kuchli xavfsizlik va zirh tizimiga ega avtomobilning narxi 900 ming yevrodan kam emas.
Barak Obama: Cadillac One
General Motors konserni tomonidan tayyorlangan Cadillac dunyodagi eng zirhlangan avtomobillardan biri hisoblanadi.
Uzunligi 5,5 metr bo‘lgan avtomobilning eshigi qalinligi 20 santimetr, oynasi esa 12 santimetr. Mashina 10 kilometr uchun 3 litr dizel yoqilg‘isini sarflaydi.
Yelizaveta II: Bentley Arnage Red Label
Buyuk Britaniya qirolichasi 2002-yilda Bentley kompaniyasi tomonidan o‘zining taxtga o‘tirganiga 50 yil to‘lganiga bag‘ishlab chiqarilgan State Limousine avtomobilidan, shuningdek turli Rolls-Royce modellaridan foydalanadi. Biroq 475 ming yevrolik Bentley Arnage Red Label avtomobili maxsus Yelizaveta II uchun ishlangan model hisoblanadi.
Devid Kemeron: Jaguar XJ Sentinel V8
Devid Kemeronning Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan avtomobili 100 kilometr/soat tezlikka 5,2 sekundda chiqa oladi.
Si Szinpin: FAW Hong Qi HQE
Si Szinpinning 6,4 metrli limuzining ma’nosi “Qizil bayroq”ni anglatadi.
2009-yil oktabrida chiqarilgan avtomobil Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topishining 60 yilligiga bag‘ishlangan.
Limuzinning og‘irligi 4,5 tonna bo‘lib, 12 silindrli dvigateli 400 ot kuchiga ega.
Narxi 600 ming dollardan 1,2 million dollargacha ekanligi aytilgan.
Akixito: Toyota Century Royal
Yaponiya imperatorining 350 ot kuchiga ega avtomobili 460 ming dollarga baholanadi.
Shinjo Abe: Toyota Century
Toyota Century avtomobilining Yaponiya bosh vaziri uchun tayyorlangan versiyasi esa 280 ot kuchiga ega.Fransua Olland: Citroen DS5
Fransiya prezidenti limuzindan voz kechib, ushbu xetchbekni tanlagan. U o‘z haydovchilariga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va qizil chiroqqa to‘xtashni buyurgan.
Izoh (0)