Toshkentda 69-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Hodisa aynan qachon, nima sababdan sodir bo‘lgani aniq emas. Jabrlanganlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ushbu holat sabab yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari zudlik bilan yetib kelishgan.
Qayd etish joiz, so‘nggi ikki yildan beri Toshkentda bir necha bor Mercedes-Benz Conecto seriyasidagi avtobuslar yonib ketdi.
Izoh (0)