Xonanda Rayhon va aktyor Yigitali Mamajonov yarashuv bitimini tuzgani xabar qilinmoqda, deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
“Ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ajrashuvdan Yigitali tegishli xulosa chiqarib, rafiqasidan uzr so‘ragani, Rayhon esa ikki o‘g‘lining baxti uchun uni kechirgani haqidagi mish-mishlar kundan-kunga bolalayapti. Ajab emaski, yaqin kunlarda ijodkorlar yarashuvi to‘g‘risida rasman xabar berishsa”, − deyiladi gazeta xabarida.
Qayd etilishicha, Rayhon oilaviy muammolar bilan o‘ralashib qolmay, ijodga ham e’tibor qaratmoqda. U sobiq “Benom” guruhi yigitlari yaratgan “Parvoz etay” qo‘shig‘iga Jasur Shametov bilan hamkorlikda klip suratga olyapti. Qizig‘i, u klipda haykaltarosh obrazida namoyon bo‘larkan.
Izoh (0)