Rossiyaning “Progress M-27M” yuk tashuvchi kosmik kemasi nazoratni yo‘qotib, Yer orbitasidan tushib keta boshladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Kema atmosferaning qalinroq qatlamlariga kirib, yonib ketadi.
“Dvigatelni ishga tushirib, to‘g‘rilovchi manyovrni amalga oshirib bo‘lmasligi tufayli apparat bosqichma-bosqich ravishda orbitadan tushadi. Pasayish tezligi atmosfera holati va quyosh shamoliga bog‘liq, biroq so‘nggi sutkalarning o‘zida u bir necha o‘n metr pasladi”, — dedi Rossiya kosmik sohasi vakillari. Parvozlarni boshqarish markazi mutaxassislari kema bilan bo‘glanishga urinishdan to‘xtamayapti.
Eslatib o‘tamiz, 28-aprel kuni Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Soyuz 2,1.a” raketasida uchirilgan “Progress M-27M” yuk tashuvchi kosmik kemasi rejalashtirilgan vaqtda Xalqaro kosmik kemasiga birikolmagach, nazoratni yo‘qotgan edi.
Izoh (0)