Nepalda 25-aprel kuni ro‘y bergan 7,4 magnitudali kuchli zilziladan so‘ng, keyingi bir sutka davomida 30 dan ortiq takroriy zilzila bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, Kun.uz xabar bermoqda.
“Shanba kungi zilziladan keyingi 23 soat davomida 31 ta aftershok qayd etildi. Takroriy zilzilalarning barchasi 4 yoki undan yuqori magnitudada edi”, – deya xabar bermoqda The Wall Street Journal geologlarga asoslanib.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi aftershoklarning kuchi 6 ballgacha yetgan bo‘lib, bu infratuzilmalarning buzilishi va odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘luvchi kuchli yerosti silkinishi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, zilzila natijasida Nepalda halok bo‘lganlar soni 2000 dan oshib ketdi.
Izoh (0)