Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi “Ateletiko”ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulot chog‘ida tepgan to‘pi tekkan bolaga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda Bleacherreport.
Mashg‘ulot paytida Ronaldu jarima zarbalarini tepishni mashq qilgan va noaniq zarbalardan biridan keyin to‘p darvoza orqasidagi tribunada o‘tirgan bolaga borib tekkan. Stadion shifokorlari tezda bolani ko‘rikdan o‘tkazib, uning ahvoli yaxshiligiga ishonch hosil qilgan.
https://youtu.be/vibEwID5aQU
Mashg‘ulotdan keyin Ronaldu yig‘lab turgan bolaning oldiga kelib, muxlislarning olqishlari ostida unga mashg‘ulot futbolkasini sovg‘a qilgan.
Izoh (0)