Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Time jurnali tomonidan o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada dunyoning eng katta ta’sirga ega odami deb topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Putinning ushbu reytingda yetakchilik qilgani haqida avval xabar berilgan bo‘lsa ham, yakuniy natijalar endigina e’lon qilingan. Unga ko‘ra, Putin 6,95 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, kuchli o‘nlikdan koreyalik xonanda Li Che Rin, qo‘shiqchilar Ledi Gaga, Rianna, Teylor Svift, Dalay lama, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibasi Malala Yusufzay va Rim papasi Fransisk I o‘rin olgan.
Izoh (0)