Rossiyaning “Mobilniye TeleSistemi” (“MTS”) mobil aloqa operatori o‘zining “Bir qadam oldinda” (“Na shag vperedi”) shiorini “Sen uddalaysan” (“Ti smojesh”) ga o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Brend strategiyasidagi asosiy farq shundaki, shu paytgacha MTS reklamasi kompaniyaning texnologik yetakchiligiga urg‘u berardi. Endi biz birinchi navbatda o‘ziga ishonadigan insonlarga murojaat qilishni xohlaymiz, MTS esa ularga o‘z maqsadlarini amalga oshirishda yordam berishi mumkin”, − dedi kompaniyaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Vasil Latsanich.
“MTS”ning yangi marketing strategiyasi BBDO agentligi tomonidan ishlab chiqilgan, shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan. Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yangi strategiya joriy yilda reklama xarajatlarining oshishiga sabab bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, “MTS” rekalamalarga taniqli insonlarni jalb etishni kamaytirib, oddiy insonlar ishtirokini ko‘paytiradi.
Izoh (0)