AQShda 73 yillik er-xotin bir kunda besh daqiqalik farq bilan vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. 89 yoshli Lillian Karr Uilson va 93 yoshli Uilyam Uilson Alsgeymer kasalligidan azob chekkan va so‘nggi bir necha yil davomida turli qariyalar uylarida yashagan.
7-aprel kuni tongda uch o‘g‘ildan biriga otasi va onasining vafoti haqida besh daqiqalik farq bilan ikkita xabar kelgan.
Ta’kidlanishicha, bir kuni Lillian Uilyamdan oldin o‘lmasligini aytgan ekan. Uning gaplari rost bo‘lib chiqdi — u turmush o‘rtog‘ining vafotidan besh daqiqa o‘tib, hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)