Hillari Klinton AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza. Uning YouTube’dagi kanaliga video joylangan bo‘lib, unda amerikaliklar o‘z rejalari bilan bo‘lishmoqda. Video oxirida Klinton ham o‘z niyatlarini oshkor etadi: u prezidentlikka nomzodini qo‘yishi haqida gapiradi.
“Amerikaga qahramonlar kerak, va men ana shunday qahramon bo‘lmoqchiman”, — dedi Hillari Klinton.
Nashr taxminiga ko‘ra, Klinton Demokratik partiyadan nomzod bo‘ladi. Kampaniya davomida u 2,5 milliard dollar to‘plab, xarjlashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)