Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri Toshkent viloyatida, Chinoz shahri yaqinida buzilib qolgan mashinasini tuzatish uchun Toshkentdan yetib borgan haydovchiga minnatdorchilik bildirib xabar qoldirdi.
Qayd etilishicha, Jizzaxdan Toshkentga kelayotgan haydovchi qizning mashinasi yo‘lda buzilib qolgan. Yon-atrofda avtoservis bo‘lmagani uchun u guruh a’zolaridan yordam so‘ragan. Foydalanuvchilardan biri Toshkentdan yetib borib, mashinani tuzatib bergan.
Avtomobilni tuzatib bergan haydovchi guruh a’zolarining cheksiz maqtovlari ostida qolgan va “qahramon”, “superqahramon”, “supermen” kabi nomlarga munosib ko‘rilgan. Foydalanuvchilar ushbu haydovchi avval ham shunday yordam ko‘rsatganini qayd etib, bundan keyin ham uning yordamiga tayanish mumkinligiga umid bildirgan.
Izoh (0)