Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida 4-aprel, shanba kuni oliygoh bitiruvchisi Aziz G‘aniyning xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Universitetning huquq fakultetini 2012-yilda tugatgan Aziz G‘aniy 29-mart kuni Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida mototsiklda kelgan noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan. Aziz G‘aniy Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligini Davlat protokoli boshqarmasida ishlagan.
“Biz Xalqaro Vestminster universitetining eng yorqin bitiruvchilaridan birini yo‘qotdik. Aqlli, ko‘ngli ochiq va jasur inson bo‘lgan Aziz G‘aniy doimo xotiramizda qoladi”, − dedi talaba Sherzod Tolibjonov.
Izoh (0)