1-aprel kuni dunyodagi eng keksa ayol nomini qo‘lga kiritgan amerikalik Gertruda Uiver vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uiver 4-iyul kuni 117 yoshini qarshilashi kerak edi. U o‘z tug‘ilgan kuniga AQSh prezidenti Barak Obamani taklif qilmoqchi edi.
Endi sayyoradagi eng yoshi ulug‘ ayol nomi yana bir amerikalik Jeralin Telliga o‘tdi. U 1899-yil 23-mayda tug‘ilgan bo‘lib, ayni paytda Michigan shtati Detroyt shahri tashqarisida istiqomat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni 117 yoshini nishonlagan va Yerdagi eng keksa hisoblangan yaponiyalik Misao Okava 1-aprel kuni ertalab vafot etgan edi. Shundan so‘ng Yerdagi eng keksa ayol 116 yoshli Arkanzas (AQSh) fuqarosi Gertruda Uiver deb e’lon qilingan edi.
Ta’kidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi To‘ti Yusupova ham 135 yoshida vafot etdi. Biroq u Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilmagan edi.
Izoh (0)